AsosiyJamiyat

Yunusobodning Amir Temur shoh ko`chasidagi davlat idoralari biznez loyihalarga beriladi – dedi Prezident

'Yunusobodning Amir Temur shoh ko`chasidagi davlat idoralari biznez loyihalarga beriladi – dedi Prezident'ning rasmi

Yunusobod poytaxtni eng qulay qismida joylashgani uchun kredit olmasdan, o`z sarmoyasini kiritib, ish o`rni yaratishga intilayotgan tashabbuskorlar juda ko`p deya xabar qilmoqda Prezident matbuot kotibi.

Tadbirkorlarni qiynaydigan masala – tumanda bo`sh joy topish.

Masalan, Amir Temur shoh ko`chasi so`nggi etti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador ko`chaga, hududni o`sish nuqtasiga aylandi. Lekin ko`chani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.

Bu binolarni erosti avtoturargohi bor ko`p qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish ob`ektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish o`rinlari sonini ko`paytirish mumkinligi qayd etildi.

Shunday loyihalarni bank filiallari o`rnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar