2024 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 % ga oshgan.
O`zbekistonga 2 oyda davolanish maqsadida eng ko`p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:
Tojikiston – 8,7 ming nafar
Qozog`iston – 2 ming nafar
Qirg`iz R. – 1,9 ming nafar
Rossiya – 220 nafar
Turkmaniston — 144 nafar






