AsosiyJamiyat

Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o`qitish amaliyoti joriy etiladi

'Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o`qitish amaliyoti joriy etiladi'ning rasmi

 Prezidentning "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonga ko`ra, 2024/2025 o`quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

  • chet tilini bilish bo`yicha kamida V2 darajadagi sertifikatga ega bo`lgan o`qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o`qitish amaliyoti joriy etiladi;  
  • matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o`qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo`shimcha ustama to`lanadi.

 Prezident maktablarining mahalliy o`qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo`shimcha ustama to`lash tartibi joriy etiladi.

 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to`lanadi:  

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta`lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o`qitish bo`yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo`yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lish.

 

    Boshqa yangiliklar