AsosiyJamiyat

Buxorodagi ko`prik yuk mashinasi o`tayotganda qulab tushdi

'Buxorodagi ko`prik yuk mashinasi o`tayotganda qulab tushdi'ning rasmi

Buxoro viloyati Jondor tumanida ko`prik sinishi oqibatida yuk mashinasi daryoga qulab tushgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda Jondor tumani hokimligi habar berdi. 

Unga ko`ra, Jondor tumani Zarafshon daryosidagi ko`prikning qulashi natijasida yuk mashinasi daryoga tushib ketgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo`q.

"Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat bo`yicha o`rganishlarni olib bormoqda. Ishchi guruhning yakuniy natijasi bo`yicha batafsil ma`lumot beriladi", - deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, fevral oyi oxiri, mart oyi boshlarida yog`ib o`tgan yomg`irlar oqibatida respublikaning bir necha hududida ko`priklarni suv yuvib ketgan va ularning ayrimlari qisqa muddatda ta`mirlangan edi.

    Boshqa yangiliklar