AsosiyJamiyat

Quvadagi shifoxonada chaqaloq vafot etdi

'Quvadagi shifoxonada chaqaloq vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug`uruq bo`limida yangi tug`ilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, erga tashlab qo`yilgani aks etgan videotasvir tarqalgandi. Bu holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumot berdi.

Dastlabki o`rganishlarga ko`ra, 2005 yil Farg`ona viloyati Toshloq tumanida tug`ilgan D.U. 2024 yilning 31 mart kuni Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug`uruq bo`limiga “Homiladorlik-1, tug`uruq-1, 28 hafta, erta tug`ish xavfi” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Bemor homiladorlik bilan Toshloq tumanida dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Tug`uruq 2024 yil 1 aprel kuni soat 08:45 larda amalga oshirilgan.

Shu kuni soat 17:00 larda esa chaqaloqning ahvoli og`irlashib, unda biologik o`lim holati kuzatilgan. Uning o`limiga muddatidan oldin (7 oylik) tug`ilganligi sabab bo`lgan.

Ayni paytda mazkur holat Cog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Farg`ona viloyatiga yuborildi.

“Shuningdek, hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo`yicha jamoatchilikka qo`shimcha ma`lumot beriladi”,– deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar