AsosiyDunyo

Turkiyada terrorchilikda gumon qilinayotgan o`zbekistonlik oqlandi

'Turkiyada terrorchilikda gumon qilinayotgan o`zbekistonlik oqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 27 mart kuni Turkiya maxalliy xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan IShID xalqaro terrorchilik guruhiga a`zo deb gumon qilinayotgan 70 kishi ushlangan. Qo`lga olinganlar orasida 1 nafar 39 yoshli Andijon viloyatida tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlangandi.  Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi.

Advokatlar aralashuvi natijasida vatandoshimizning ta`kidlangan terrorchilik guruhiga aloqasi borligi haqidagi vajlar o`z isbotini topmadi va qo`yib yuborildi. 

O`z o`rnida vatandoshlarimizdan turli buzg`unchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun quyidagilarga e`tibor qaratishlari tavsiya qilinadi:

  • ekstremistik ruhdagi Telegram, Instagram, Tik-tok, Yutub va Vatsap kanallari va saytlariga a`zo bo`lmaslik;
  • mobil telefonlarda bilib-bilmay mutassiblik ruhidagi nashidalar (qo`shiqlar), ma`ruzalar, suratlarni saqlamaslik va tarqatmasik;
  • elektron pochta orqali noma`lum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi da`vat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik.

    Boshqa yangiliklar