AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari Xivada uchrashadi

'Ertaga O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari Xivada uchrashadi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Qadimgi Xiva shahrida o`tadigan muzokaralarda O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

O`zaro tovar ayirboshlash hajmini ko`paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperasiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

    Boshqa yangiliklar