1

10, 11, 12, 13 aprel kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida Afrosiyob elektropoezdining qo`shimcha harakati amalga oshiriladi

Jamiyat 05.04.2024, 11:33
10, 11, 12, 13 aprel kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida Afrosiyob elektropoezdining qo`shimcha harakati amalga oshiriladi

2024 yilning 10, 11, 12, 13 aprel kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida Afrosiyob elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, poezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

— 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;

— 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

"Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz", - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1