1

Andijonda uchta mashina ishtirokidagi ayanchli YTHda ikki kishi vafot etdi

Jamiyat 05.04.2024, 12:02
Andijonda uchta mashina ishtirokidagi ayanchli YTHda ikki kishi vafot etdi

Xo`jaobod tumanida inson o`limi bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Kecha, 4 aprel kuni soat 15:30larda, Xo`jaobod tumani “Mustaqillikni 27 yilligi” MFY hududidan o`tgan, A 373-M39 “Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali O`sh” avtomobil yo`lining 441 km.da,  Haydovchi, 2002 yilda tug`ilgan G.A.  “Kobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, quvib o`tish qoidasini buzib, yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tgan vaqtida, o`z yo`nalishida qarshisidan kelayotgan, Haydovchi, 1991 y.yilda tug`ilgan A.B. “Damas” avtomashinasi bilan to`qnashib, YTH sodir qilgan.

Damas avtomashinasi to`qnashuv natijasida boshqaruvni yo`qotgan va o`zi bilan bir yo`nalishda yonma-yon kelayotgan, Haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan N.X. boshqaruvidagi "Moskvich-412" rusumli avtomashinasiga borib urilgan.

Ushbu YTH oqibatida, “Kobalt” avtomashinasi haydovchi A.G. “Bosh chanoq suyagining yopiq sinishi, ko`krak qafasining ezilishi”, “Damas” avtomashinasi haydovchisi B.A. “Bosh chanoq suyagining xamda o`ng elka va umrov suyaklaring yopiq sinishi”, “Damas” avtomashinasi yo`lovchisi 1995 yilda tug`ilgan A.O. “Chap oyoq boldir suyagilaring yopiq sinishi”, tashxisi bilan O`zbekiston Respublikasi ShTTYoMga yotkizilgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay “Kobalt” avtomashinasi haydovchi A.G. va “Damas” avtomashinasi haydovchisi B.A.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur xolat yuzasidan, Xo`jaobod tumani IIB Tergov bo`linmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1