1

Qozog`iston prezidenti rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi

Jamiyat 05.04.2024, 13:31
Qozog`iston prezidenti rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy qo`shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo`ldi.

Bugun etakchilar muzokaralar o`tkazadi va qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1