1

O`tgan yili Sergelida portlagan bojxona omborida yong`in chiqdi

Jamiyat 05.04.2024, 14:20
O`tgan yili Sergelida portlagan bojxona omborida yong`in chiqdi

Bugun, 05-aprel kuni soat 12:30da  Toshkent shahar Sergeli tumani, Xonabod ko`chasida joylashgan Korxona hududida yong`in sodir bo`lgan.  Bu haqda Toshkent shahar FVBga xabar berdi.

Unga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:34da etib borib, yong`in soat 12:41da o`rab olingan va soat 12:43da yong`in o`chirilgan.

“Sodir bo`lgan yong`in natijasida ochiq maydonda qurilish chiqindilar 20-kv.m. maydonda yongan. Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q”, – deyiladi xabarda.

 Hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1