AsosiyDunyo

Isroil G`azo sektoriga yordam etkazilishi uchun yangi yo`nalishlarni ochmoqda

'Isroil G`azo sektoriga yordam etkazilishi uchun yangi yo`nalishlarni ochmoqda'ning rasmi

Isroil hukumati G`azo sektoriga insonparvarlik yordami etkazib berish uchun yangi yo`nalishlar ochilganini e`lon qildi. Bu haqda bosh vazirning idorasi bayonotiga tayanib Times of Israel Isroil xabar bermoqda.

Isroil va HAMAS o`rtasidagi mojaro boshlanganidan beri ilk bor G`azo sektorining shimoliy hududlari bilan chegaradagi "Erez" nazorat-o`tkazish punkti, hamda Isroil janubidagi Ashdod porti ham vaqtincha ochiladi.

Isroil, bundan tashqari, "Kerem-Shalom" o`tkazish-nazorat punkti orqali Iordaniyadan kelayotgan yordam miqdorini oshirishga rozi bo`ldi. Ushbu gumanitar marshrutlar aynan qachon ochilishi hozircha noma`lum.

Isroilning bayonoti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSh prezidenti Jo Bayden o`rtasidagi telefon suhbatidan bir necha soat o`tib yangradi.

Nashrning yozishicha, qo`ng`iroq chog`ida Bayden agar Isroil anklavdagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va ko`ngillilarni himoya qilish choralarini ko`rmasa, AQShning G`azo sektoridagi urushga oid siyosati o`zgarishi mumkinligidan ogohlantirgan.

    Boshqa yangiliklar