Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh hukumati muhojirlar oqimiga duch kelgan o`z chegaralarini himoya qilishdan ko`ra Ukrainadagi vaziyatga ko`proq e`tibor qaratayotganini aytdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Qo`shma Shtatlarda noqonuniy migrasiya rekord darajada kuzatilmoqda, chegara rasmiylari o`tgan dekabr oyida 302 ming marta noqonuniy chegarani kesib o`tishni qayd etgan, bu bir oy ichidagi eng katta raqam. Bundan tashqari, Jo Bayden rahbarlik qilgan uch yil davomida ham noqonuniy muhojirlarning rekord soni qayd etilgan.
“AQSh chegarasi ahamiyatsiz bo`lsada, Ukraina chegarasi haqida juda ko`p tashvish bor”, deb yozgan Mask o`zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.






