AsosiyJamiyat

“Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumi g`oliblari ma`lum bo`ldi

'“Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumi g`oliblari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi g`olib loyihalari e`lon qilindi. Unga ko`ra, respublika bo`ylab 2 254 ta mahalla bo`yicha jami 2 770 ta loyiha g`olib deb topildi.

 Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablag`lari hisobidan 3,3 trln so`m yo`naltiriladi.

 Ma`lumot uchun, ovoz berish jarayonlarida mamlakatimiz bo`ylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Qiziltepa tumanida fuqarolar majburiy ovoz to`plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to`plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o`rganish natijalariga ko`ra, mazkur tuman bo`yicha g`olib loyihalar qo`shimcha ravishda e`lon qilinadi.

 G`olib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar