AsosiyJamiyat

Toqaevni O`zbekistonga tashrifi yakunlandi

'Toqaevni O`zbekistonga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.

Ko`hna Xiva shahrida o`tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Qasim-Jomart Toqaev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko`rgazmasi bilan tanishildi.

Xiva shahridagi Ichan-qal`a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo`ydi. So`ng davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar