1

Er olgan yoshlarga 100 mln so`mgacha kredit ajratiladi

Jamiyat 06.04.2024, 18:09
Er olgan yoshlarga 100 mln so`mgacha kredit ajratiladi

Qarorga ko`ra, Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishdan sotishgacha bo`lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo`yicha talabgorlarga quyidagi qo`llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag`lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so`mgacha kredit ajratish;

Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla ettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo`ladi.

Talabgorlarga mini-texnika, urug` va ko`chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg`armasidan 5 million so`mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan – 33 mln so`mgacha kredit ajratish;

joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug`, ko`chat etkazish, mineral o`g`it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo`lga qo`yiladi hamda etishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

#qaror   #qonun   #yoshlar daftari

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1