1

"Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`li qurilishi qiymati ma`lum qilindi

Dunyo 06.04.2024, 19:53
"Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`li qurilishi qiymati ma`lum qilindi

Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li qurilishi 8 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov agrosanoat forumida aytib o`tdi.

Qayd etilishicha, bu miqdor dastlabkisi hisoblanadi. Qirg`iziston, Xitoy va O`zbekiston temir yo`l qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko`rish ishlarini yakunladi. Barcha protseduralar bajarildi. Ishlar joriy yilda boshlanishi kutilmoqda. Hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda.

O`zbekiston-Qirg`iziston-Xitoy temir yo`li qurilishi loyihasi bo`yicha uch davlat o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda imzolangan edi. Hujjatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o`tgan yilning birinchi yarmida tayyorlash ko`zda tutilgan edi. 2023 yil dekabr oyida XXR mutaxassislari yangi temir yo`l yo`nalishida dala ishlarini yakunladilar.

“20 yildan ortiq muhokama qilinayotgan loyihaning amalga oshirilishi Xitoydan O`zbekiston orqali Evropa va Fors ko`rfazi davlatlariga Janubiy yo`lak orqali savdo va transport geografiyasini kengaytirish uchun asos bo`lib xizmat qilishi kutilmoqda”,– deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1