1

IShID tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 48 nafar shaxsni hibsga olindi

Dunyo 06.04.2024, 21:49
IShID tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 48 nafar shaxsni hibsga olindi

Turkiya maxsus xizmatlari maxsus operasiya o`tkazib, IShID tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 48 nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda "Anadolu" nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hibsga olinganlar Santa-Mariya cherkoviga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda ham ayblanmoqda. Bu haqda rasman Ichki ishlar vazirligi bayonot bergan.

Rasmiylar butun mamlakat bo`ylab aksilterror operasiyalar davom etayotganini ma`lum qilgan. Hibsga olishlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.

“IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi olib borilgan operasiyalarda 28-yanvar kuni Istanbuldagi Santa-Mariya cherkoviga uyushtirilgan hujumga aloqador bo`lgan 48 nafar gumondor qo`lga olindi”, — deb xabar bergan Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya.

Xabarda aytilishicha, hali dalillar topilmaganiga qaramay, Turkiya rasmiylar cherkovda sodir etilgan teraktni IShID faoliyati bilan bog`lamoqda. “Bozdogon-21” operasiyasi ularning aloqalarini to`la fosh etish uchun Istanbul va Anqara polisiya bo`limlari tomonidan Xavfsizlik razvedka boshqarmasi va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Mahbuslarning 30 nafari Istanbulda ushlangan. Yana 18 nafari esa Anqaradagi tezkor tadbirlarda hibsga olingan.

#IShID  #terrorchilik   #ko`lga olindi   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1