"Yoshlarga er ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta`minlash, shuningdek, yangi er maydonlarini o`zlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident Qaroriga ko`ra, Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishdan sotishgacha bo`lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo`yicha talabgorlarga quyidagi qo`llab-quvvatlash choralari joriy etiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Unda:
Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag`lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so`mgacha kredit ajratish;
Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni «mahalla ettiligi»ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo`ladi.
- talabgorlarga mini-texnika, urug` va ko`chat xaridiga «Yoshlar daftari» jamg`armasidan 5 million so`mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan – 33 mln so`mgacha kredit ajratish;
- joylardagi 167 ta «Agromarkazlar» orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug`, ko`chat etkazish, mineral o`g`it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo`lga qo`yiladi hamda etishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.






