AsosiyJamiyat

Wizz Air Evropa poytaxtlari va O`zbekiston shaharlari o`rtasida reyslarni yo`lga qo`yishi mumkin

'Wizz Air Evropa poytaxtlari va O`zbekiston shaharlari o`rtasida reyslarni yo`lga qo`yishi mumkin'ning rasmi

Evropaning eng yirik loukosteri Evropa poytaxtlari va O`zbekiston shaharlari o`rtasida to`g`ridan to`g`ri reyslarni yo`lga qo`yishdan manfaatdor. Bu haqda  “Dunyo” AA xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda Wizz Air kompaniyasi prezidenti Robert Keri bilan uchrashdi va aviakompaniyaning O`zbekiston aviasiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Aviakompaniya Evropa poytaxtlari va O`zbekiston shaharlari o`rtasida to`g`ridan to`g`ri reyslarni yo`lga qo`yishdan manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Muzokaralar davomida, shuningdek, Wizz Air bosh direktori Yozef Varadi boshchiligidagi delegasiyaning Toshkent shahriga rejalashtirilgan safari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar