Ijtimoiy tarmoqda to`g`ruqxonaga o`z oyog`i bilan yurib borgan xomilador ayol qornidagi xomilasi bilan o`ligi chiqdi mazmunidagi video xabar tarqaldi.
Voqea Oxangaron shahrida sodir bo`lgan.
Bosh Prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida sodir bo`lgan holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Tekshirish harakatlari har tomonlama, to`liq va xolisona o`tkazilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi” deyiladi xabarda.






