AsosiyJamiyat

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilmoqda

'Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilmoqda'ning rasmi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi  hamda bir qator xuqukni muxofaza kiluvchi idoralar bilan hamkorlikda viloyatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish maqsadida ko`plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Albatta, sergak va qonun ustivorligini ta`minlovchi soha xodimlari viloyatning qo`shni davlatlar bilan chegaradosh xududlarida aylanma yo`llar orqali olib o`tilgan aksizlanmagan va ro`yxatdan o`tmagan, davlat boj to`lovlarini amalga oshirmay savdosini amalga  oshirayotgan qo`shtirnoq ichidagi tadbirkorlarni fosh etish maqsadida olib borilayotgan sa`i-harakatlari sabab o`tkan 2023 yilda 35 ta holatda xech qanday xujjatga ega bo`lmagan tamaki maxsulotlari savdosi oldi olindi.

Bojxona boshqaramasi va viloyat Soliq boshqarmasi inspektorlari va boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda bozorlar dududida o`tgan 2023 yil davomida 67 ta holatda 14 959 dona quti jami 398.3 mln so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Joriy 2024 yilda ham soliq idoralari bilan hamkorlikda tamaki kontrabandasiga qarshi ishlar davom ettirmoqda. Yanvar-mart oylarida xodimlar tomonidan 2 ta holatda 4,780 quti jami 41.2 mln.so`mlik tamaki mahsulotlari qo`lga olindi va tegishligigi bo`yicha qonuniy chora ko`rilishi ta`minlangan.

Bojxona boshqarmasi kontarabandaga qarshi kurashish xodimlari tomonidan joriy yilning o`tkan choragi davomida ham aynan aksiz markalanmagan, aylanma yo`llar orqali xorijdan olib o`tilgan tamaki maxsulotlarining oldini olish bo`yicha o`tkazgan tezkor tadbirlar davomida 13 ta holatda 986, 248 250 so`mlik 66, 559 quti tamaki maxsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek quyildi. Bunday tadbirlar davom ettirilmoqda. 

Ma`lumot uchun: tamaki mahsulotlarining savdosi yurtimizda maxsus qarorlar bilan belgilab berilgan bo`lib, qonunni chetlab o`tilishiga urinilgan har qanday holatga jazo muqarrar ta`minlanadi.

Umida Qo`shoqova, jurnalist.

    Boshqa yangiliklar