O`qish uchun kontrakt to`langan fuqarolarga 311 mlrd so`mdan ortiq daromad solig`i qaytarildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Soliq kodeksining 378-moddasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining professional va oliy ta`lim tashkilotlarida ta`lim olish (o`zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to`lmagan erining (xotinining) ta`lim olishi) uchun yo`naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
2023 yilda 260,7 ming nafar fuqaroga professional va oliy ta`lim tashkilotlarida ta`lim olish uchun to`langan 311,9 mlrd so`m daromad solig`i qaytarilgan.
Imtiyozdan foydalanish uchun jami yillik daromad to`g`risida deklarasiya topshirish lozim.






