Oxirgi besh yilda Jizzax viloyatiga 4 milliard dollardan ortiq investisiyalar kirib kelgan. 50 trillion so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 861 million dollarlik eksport qilingan.
Bu yil viloyatda 2 milliard dollarlik 400 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda 11 mingta yangi ish o`rni ochiladi.
Davlatimiz rahbariga bu sohadagi rejalar taqdimot qilindi. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar 6 milliard 100 million dollarlik 50 ta loyihani amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Loyihalar tog`-kon, mashinasozlik, elektr texnikasi, kimyo, to`qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot va farmasevtika kabi talab yuqori sohalarda. Muhimi, ularning natijasida qariyb 20 ming yangi ish o`rni yaratiladi.
Prezidentimiz investorlarga loyihalarni amalga oshirishda omad tiladi. Mutasaddilarga ularning ijrosini alohida nazoratga olish topshirildi.






