1

Isroil amaldorlaridan biri Eronning hujumiga “misli ko`rilmagan javob” berilishini va`da qilmoqda

Dunyo 14.04.2024, 12:25
Isroil amaldorlaridan biri Eronning hujumiga “misli ko`rilmagan javob” berilishini va`da qilmoqda

Isroilning yuqori martabali amaldorlaridan biri Eronning hujumiga “misli ko`rilmagan javob” berilishini va`da qilmoqda. Bu haqda Channel 12 telekanali xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Times of Israel gazetasining Isroil madaniyat vaziri Miki Zoharning so`zlaridan iqtibos keltirishicha , "ushbu hujum Isroilga o`z javob zarbalarini boshlash huquqini beradi".

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan Eronning Isroilga hujumi sababli telefon muloqoti o`tkazdi.

Isroilning BMTdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotni Eronning hujumlariga e`tibor qaratishga chaqirdi.

"Eron BMT Nizomini buzdi, global tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotganini ko`rsatdi.  Ovozingiz qaerda? Sizning munosabatingiz qani?  Uyg`onish vaqti keldi!", deb yozdi Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan o`zining X tarmog`idagi sahifasida. 

Ko`p o`tmay, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berdi. Guterrish o`z bayonotida Eronning Isroilga hujumini qoralashini va uni zudlik bilan to`xtatishga chaqirishini bildirdi.

"Na Yaqin Sharq mintaqasi, na dunyo yana bir urush bo`lishini xohlamaydi", deyiladi BMT bosh kotibi bayonotida. 

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Eronning Isroilga hujumi munosabati bilan 14 aprel kuni shoshilinch yig`ilish o`tkazilishini belgiladi.

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy missiyasi BMT bosh kotibiga maktub yo`lladi.

Tehronga ko`ra, BMT Xavfsizlik Kengashi tinchlikni saqlash bo`yicha o`z mas`uliyatini bajarmagan va Isroilga xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini buzishga ruxsat bergan.

"Eron mintaqada keskinlik yoki mojaroga intilmayapti, biroq Isroil harbiy tajovuz qilgan taqdirda Tehron yanada kuchliroq va qat`iyroq javob qaytaradi", deyiladi Eron doimiy vakolatxonasining BMT bosh kotibiga yo`llagan maktubida.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1