O`zbekiston, Qoraqalpog`iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirining Madaniyat va san`atni rivojlantirish bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Jenisbek Piyazov oliy va professional ta`lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta`minlash, bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san`at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish, ularni ushbu yo`nalishdagi to`garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo`lishiga ishonch bildirildi.