1

So`qoqqa sel keldi

Jamiyat 15.04.2024, 10:15
So`qoqqa sel keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So`qoq qishlog`ida 13 aprel kuni kuchli sel kelgani haqida video xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan xabar bergan FVVga ko`ra, 13 aprel kuni qisqa muddatda yog`ib o`tgan ko`p miqdordagi kuchli yog`ingarchilik oqibatida Parkent tumani So`qoq qishlog`ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So`qoq qishlog`ining Chashma mahallasi hududidan oqib o`tuvchi suv yo`liga  kuchli yog`ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig`may, mazkur hududdagi avtomobil yo`lining qatnov qismiga toshib chiqgan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o`rganish ishlari olib borildi va o`rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1