1

Qashqadaryoda yana maktab o`quvchisi unashtirildimi?

Jamiyat 15.04.2024, 22:11
Qashqadaryoda yana maktab o`quvchisi unashtirildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda maktab o`quvchisining unashtiruv marosimi o`tkazilmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan Ichki ishlar organlari bilan birgalikda o`rganildi.

Aniqlanishicha, bu unashtiruv marosimi Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumani Tuxmor qishlog`ida yashovchi, 2003 yilda tug`ilgan (voyaga etgan) B.G. ga tegishli bo`lib, qizning o`zi tushuntirish berishicha, marosim uning xohishiga zid bo`lmagan holda o`tkazilgan.

Shu bilan birga, Bolalar ombudsmani respublikamizning mazkur hududida qizlarni erta turmushga uzatish urf-odati hali ham saqlanib qolayotganiga urg`u berib, qizlarning maktabdan keyin ta`lim olishi uchun imkoniyatlarni yanada manzilli ravishda kengaytirishga alohida e`tibor qaratilishi va bu borada mutassadilar tizimli choralar ko`rib borishi zarurligini ta`kidlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1