1

O`zbekiston-Tojikiston oliy ta`lim muassasalari rektorlarining II forumi o`z ishini boshladi

Jamiyat 15.04.2024, 22:40
O`zbekiston-Tojikiston oliy ta`lim muassasalari rektorlarining II forumi o`z ishini boshladi

Toshkentda O`zbekiston-Tojikiston oliy ta`lim muassasalari rektorlarining II forumi o`z ishini boshladi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman "2030 yil: O`zbekiston va Tojikistonda oliy ta`lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari" mavzusiga bag`ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta`lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas`ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta`lim integrasiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O`zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta`lim sifatini ta`minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo`yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O`zbekiston va Tojikiston oliy ta`lim muassasalari o`rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo`yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko`rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta`lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o`zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo`nalishlari bo`yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va "Yo`l xaritalari" imzolanishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1