1

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

Jamiyat 16.04.2024, 08:04
Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

"O`zgidromet" 16 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarni e`lon qildi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida bugun havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`adi. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 19-21° bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorzm viloyatida esa havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi. 

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo`ladi. 

Respublikaning tog`li hududlarida Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1