1

Saudiya Arabistoni Eronning Isroilga hujumini qoralamadi

Dunyo 16.04.2024, 09:09
Saudiya Arabistoni Eronning Isroilga hujumini qoralamadi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi mintaqadagi vaziyat keskinlashganidan xavotir bildirib, og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta`kidladi.

“Vazirlik qirollik pozisiyasini yana bir bor ta`kidlaydi, vazminlikka chaqiradi va dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan inqirozning yanada chuqurlashishiga yo`l qo`ymaslik zarurligini qayd etadi”, — deyiladi Saudiya Arabistoni TIV bayonotida.

Ar-Riyodning fikricha, BMT Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishi kerak

Isroil matbuotining qayd etishicha, Ar-Riyodda Tehronga qarshi hech qanday qoralovchi so`zlar eshitilmagan.

Eronning Damashqdagi konsulligiga yaqinda berilgan havo hujumiga javoban Eron Isroil tomon o`nlab uchuvchisiz uchoq va raketalarni uchirgani avvalroq xabar qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1