1

O`quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o`zgarishi mumkin

Jamiyat 16.04.2024, 10:02
O`quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o`zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining “O`quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o`rta ta`lim muassasasidan boshqasiga o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi buyrug`i loyihasi joylashtirildi. 

Unga ko`ra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko`rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o`quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo`lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko`rib chiqilib, o`quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o`qituvchilarini xabardor qilish to`g`risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o`quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig`ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta`limi bo`limini va Bolalar masalalari bo`yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg`ulotlariga jalb etish choralarini ko`radi:

  • xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o`quvchilar xorijda bo`lish muddati uzaytirilganligi to`g`risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg`ulotlariga qatnashmagan o`quvchilar;
  • ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko`rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25 mayga qadar o`quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg`ulotlariga qatnashmagan (o`quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o`quvchilar bundan mustasno) o`quvchilar to`g`risidagi ma`lumotlarni Bolalar masalalari bo`yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o`quvchilar Bolalar masalalari bo`yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o`quvchilar safidan chiqariladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1