1

Endi “Davlat xizmatlari” orqali jarimalarga e`tiroz bildirish mumkin bo`ladi

Jamiyat 16.04.2024, 11:07
Endi “Davlat xizmatlari” orqali jarimalarga e`tiroz bildirish mumkin bo`ladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan muhokamaga qo`yilgan qaror loyihasiga ko`ra, 1 oktyabrdan boshlab yo`l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog`liq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar bo`yicha YHXXga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur xizmat yo`l harakati qoidabuzarliklari bo`yicha IIV JXD YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integrallashgan platformasiga integrasiya qilgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Bunda IIV JXD YHXXga yo`l harakati qoidalarining buzilishi bo`yicha yuborilgan qaror va xabarnomalarga og`zaki yoki yozma murojaat (e`tiroz bildirish) qilishi mumkinligi ham belgilab qo`yilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1