1

O`zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga etdi

Jamiyat 16.04.2024, 11:56
O`zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga etdi

O`zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga etdi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 963 262 kishini tashkil etgan.  

Respublikamizning doimiy aholisi soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko`paygan.

O`zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o`rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 1,8 ming kishiga ko`paymoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1