1

Afg`oniston O`zbekistonga neft mahsulotlarini yana qaytarib yubordimi?

Jamiyat 16.04.2024, 12:30
Afg`oniston O`zbekistonga neft mahsulotlarini yana qaytarib yubordimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Afg`oniston O`zbekistonga neft mahsulotlarini qaytarib yubordi" mazmunida tarqalgan xabarlarni Bojxona qo`mitasi rad edi. 

Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 20 yanvar kuni Rossiyadan (yuk jo`natuvchi AO Orsknefteorgsintez) Afg`onistonga (yuk qabul qiluvchi BASHIR NAVID PETROLEUM LTD) yuborilgan 2 ta temir yo`l sisternalarida 120 tonna “avtomobilny benzin neetilirovanny” mahsulotlari Qozog`istondan Sariyog`och - Chuqursoy stansiyalari orqali O`zbekstonga kirib kelgan.

Ushbu sisternalar 2024 yil 7 fevral kuni Surxondaryo viloyati Ayritom stansiyasi orqali Afg`onistonga chiqib ketgan.

Afg`oniston tomonidan qaytarilgan mazkur neft mahsulotlari 2024 yil 6 aprel kuni Ayritom stansiyasi orqali O`zbekistonga kirib kelgan.

"Afg`onistonlik hamkorlarni ikki tomonlama do`stona munosabatlarni inobatga olgan holda, tekshirilmagan va asossiz xabarlarni shoshma-shosharlik bilan tarqatmaslikka chaqiramiz.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muayyan ommaviy axborot vositalaridan “O`zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi”ga amal qilishlarini hamda tekshirilmagan, bir yoqlama, tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmasliklarinini so`rab qolamiz", - deyiladi bojxona raddiyasida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1