AsosiyJamiyat

Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar bola O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada qarovsiz qolgan 17 nafar bola O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

16 aprel kuni Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) bo`lmagan va yordamga muhtoj bolalar O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Elchixona Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar va Sog`liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda 17 nafar voyaga etmagan bolani vatanga qaytarishda yordam ko`rsatdi. Elchixona tomonidan ularga qaytish uchun bepul sertifikatlar berilgan.

“Qaytarilgan barcha bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi”,– deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar