1

Bugun havo harorati 32° gacha ko`tariladi

Jamiyat 20.04.2024, 08:45
Bugun havo harorati 32° gacha ko`tariladi

Bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq  bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29°, shimolda va cho`l hududlarda 31-32° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda  yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq  bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1