AsosiyJamiyat

Ohangaronda 2 dona tog` lolasini uzgan yigit jarimaga tortildi

'Ohangaronda 2 dona  tog` lolasini uzgan yigit jarimaga tortildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo`limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv MFY tog`li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona  tog` lolasini uzib tabiatga zarar etkazganligi aniqlangan.

"Ushbu holat uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so`m tabiatga etkazilgan zarar chorasi qo`llanildi", deyiladi iboshqarma xabarda. 

 

Boshqa yangiliklar