Professional boksning super o`rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo`ziev o`zining navbatdagi jangini O`zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida o`tkazdi.
Bektemir fransiyalik Per Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko`tarildi.
Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to`xtatildi. 7 raunddan so`ng hisoblangan ochkolar bo`yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo`ziev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o`zbekistonlik bokschi o`ziga tegishli bo`lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.






