AsosiyJamiyat

Aliment to`lamagan ota farzandiga uy berdi

'Aliment to`lamagan ota farzandiga uy  berdi'ning rasmi

Ota aliment to`lamaganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atilishini eshitib, farzandi uchun uy  berdi. Bu haqda darakchi.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudining 13.09.2018 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor F.Obraevdan undiruvchi M.Rustamova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan. 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. 

Qarzdor bo`lim davlat ijrochisining ogohlantirishlariga qaramasdan,  alimet pullarini o`z vaqtida to`lamaganligi tufayli 2023 yilning noyabr oyida ma`muriy qamoq jazosiga tortilgan edi. 

Ammo bundan to`g`ri xulosa chiqarmagan F.Obraevga jinoyat ishi qo`zg`atilishi uchun hujjatlar tayyorlanayotganlini haqida aytilganda, u pul to`lay olmasligini va jinoiy javobgarlikka tortilmaslik uchun huquqiy yordam so`rab murojaat qildi. 

Davlat ijrochisining tushuntirishlaridan so`ng, aliment evaziga uy berishi haqida aytdi. 

Qarzdor va undiruvchining o`zaro kelishuviga asosan, F.Obraev mavjud 22 mln. so`m qarzdorligi va farzandi 18 yoshga to`lguniga qadar bo`lgan aliment pullari hisobiga tumandagi o`z yashash uyini undiruvchi M.Rustamovaning nomiga rasmiylashtirib berdi. 

Shu sabab ijro hujjati amalda tamomlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar