1

Qozog`istonda havo harorati -8 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Dunyo 25.04.2024, 15:05
Qozog`istonda havo harorati -8 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Qozog`iston sinoptiklari 2024 yilning 25-27 aprel kunlari uchun mamlakatda kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini taqdim etdi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, mamlakat aholisi yomg`ir va sovuq havoni boshdan kechiradi.

Tarqatilgan xabarga ko`ra, 25-27 aprel kunlari respublikaning janubiy yarmida yomg`ir yog`adi. Qozog`istonning shimoli-g`arbiy qismida faqat bir kun — 25 aprelda yomg`ir yog`adi. Shimoli-g`arbda kechasi yomg`ir, qor yog`adi.

“Sovuq front mamlakatning janubiy viloyatlariga bosqichma-bosqich o`tadi, bu erda havo harorati kechasi 0+12 darajagacha, kunduzi esa +10+20° gacha pasayishi kutilmoqda", - deyiladi "Qazgidromet” RFB matbuot xizmati xabarida.

Shimoliy viloyatlarda 25 aprel kuni sovuqning eng yuqori cho`qqisiga chiqishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1