1

O`zbekistonda qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg`unlashtiriladi

Jamiyat 27.04.2024, 11:44
O`zbekistonda qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg`unlashtiriladi

“Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg`unlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me`yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti:

  • qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uyg`unlashtirish va ularning fondini yaratish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo`yicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilangandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo`yicha “Yo`l xaritasi”;
  • 2024—2026 yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ro`yxati;
  • qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi;
  • qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi.

Shuningdek, qaror bilan Qurilish sohasida texnik me`yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik me`yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 2024 yil 24 apreldan kuchga kirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1