1

Toshkentda YPX xodimini sudrab ketgan haydovchining ozodligi cheklandi

Jamiyat 27.04.2024, 12:52
Toshkentda YPX xodimini sudrab ketgan haydovchining ozodligi cheklandi

Yo`lda davlat raqamisiz harakat qilayotgan haydovchi yo`l patrul xizmati xodimining qonuniy talablariga bo`ysunmay uni sudrab ketdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 14 fevral kuni soat 17:00 atrofida yo`l patrul xizmati xodimi davlat raqamisiz harakatlanayotgan avtoulov boshqaruvchisining hujjatlarini tekshirish maqsadida unga to`xtatish ishorasini beradi.

Xodimning ta`kidlashicha, avtotransportni to`xtatib, haydovchidan hujjatlarini taqdim etishini so`ragan. Biroq avtoulov egani mazkur talabga bo`ysunmay harakatni katta tezlikda davom ettirdi.

Shu payt avtomashinaga juda yaqin turgan yo`l patrul xizmati xodimi erga yiqilib, engil turdagi tan jarohati oldi.

Ushbu holat Yunusobod tuman sudida ko`rib chiqildi.

Sudlanuvchi uch yilu olti oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Jazoni o`z yashash uyida Kechki soat 20:00dan ertalabki soat 07:00ga qadar o`tash belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1