Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Agrobank boshlig`i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, "avariya"ga uchragani to`g`risida xabar tarqaldi. Holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi.
Ma`lum bo`lishicha, bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi, 1989 yilda tug`ilgan A.Ya. filialga tegishli bo`lgan davlat raqami belgisi 75 747 ZAA oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini 18 aprel kuni kech soat 23:00 lar atrofida boshqarib ketayotganida yo`l-transport hodisasiga uchragan.
IIV Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining so`rovnomasiga asosan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi vrachi, narkolog tomonidan narkologik ekspertiza o`tkazilib, 18 apreldagi «Mastlik holatini aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazganlik to`g`risida»gi xulosasida mastlik holati aniqlanmagani qayd etilgan.
Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan YHXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.