1

O`zbekistonda kambag`allik chegarasi miqdori yangilandi

Jamiyat 30.04.2024, 13:40
O`zbekistonda kambag`allik chegarasi miqdori yangilandi

Statistika agentligi tomonidan "Aholining minimal iste`mol xarajatlari qiymati va kambag`allik chegarasini hisoblash tartibi to`g`risida nizom"ga asosan minimal iste`mol xarajatlari qiymati qayta hisoblandi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar qildi.  

2024 yil may oyidan hisoblangan minimal iste`mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so`mni tashkil etdi.

Jahon tajribasida minimal iste`mol xarajatlari ko`rsatkichidan kambag`allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo`lib, mazkur ko`rsatkichdan:

— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko`maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
— kambag`allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
— pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag`al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko`maklarni ko`rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1