1

“Qurilishda davlat nazorati”

Jamiyat 30.04.2024, 17:51
“Qurilishda davlat nazorati”

“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo`shimcha choralari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O`zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so`mdan yuqori bo`lgan ob`ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo`yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko`rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.

️Shuningdek, quyidagi tartiblar o`rnatiladi:

2025 yil 1 yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ob`ektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko`rsatkichlarini hisobga olishga) o`tiladi;

2024 yil 1 iyuldan ob`ektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma`lumotlari asosida shakllantiriladi;

2024 yil 1 oktyabrdan qurilishi tugallangan ob`ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1