Bugungi kunda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to`g`risida”gi qaror loyihasi keng muhokama qilinmoqda. Ushu muhokamalarga Soliq qo`mitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Soliq qo`mitasi har bir Soliq to`lovchining fikr va mulohazalarini hurmat qiladi!
“So`nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha engillik va o`zgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.
Soliq qo`mitasi bundan keyin ham Soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatishni o`zining muhim vazifasi deb hisoblaydi” , - deyiladi munosabatda.
Ta`kidlanishicha, “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to`g`risida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini o`rganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan o`tkaziladi.
Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha to`liq qayta ko`rib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta`sir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan so`ng loyiha Hukumatga ko`rib chiqish uchun kiritiladi.