AsosiyJamiyat

3-6 may kunlari ba`zi hududlarda kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'3-6 may kunlari ba`zi hududlarda kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 3-6 may kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda 3-6 may kunlari, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.  Qayd etilishicha, respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

3-6 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
  • Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz.

Respublika hududi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar