AsosiyDunyo

Texnikalarninn elektron pasportlarini yuritish qoidalari tasdiqlandi

'Texnikalarninn elektron pasportlarini yuritish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Qozog`iston Sanoat va qurilish vazirining 2024 yil 23 apreldagi buyrug`i bilan Avtotransport vositalarining elektron pasportlari (transport vositalari shassilari pasportlari) hamda o`ziyurar transport vositalari va boshqa turdagi texnikaning elektron pasportlarini yuritish qoidalari tasdiqlandi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Ma`lum qilinishicha, elektron pasportlar Qozog`iston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan jismoniy shaxslar uchun elektron pasport tizimlarida: 

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarida harakatlanish uchun mo`ljallangan davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lgan transport vositalari;

avtomobil shassisi;

davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak bo`lgan o`ziyurar transport vositalari va boshqa turdagi uskunalari uchun mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar