AsosiyJinoyat

Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

'Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro Sh.I. fuqaro Z.J.gaYuqorichirchiq tumanidagi “S.R.” MChJ tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan 260 gektar er maydonini 400 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar